"Real" darvozaboni Keylor Navas "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin, deya xabar beradi AS.
Manbaga ko'ra, manchesterliklar rahbariyati jamoa darvozaboni Klaudio Bravoning jarohatidan so'ng "Real"ning 31 yoshli darvozaboniga qiziqish bildirmoqda. Eslatib o'tamiz, chililik posbon 20 avgust kuni tovonidan jarohat olgan edi.
Qoidalarga ko'ra, futbolchilarning og'ir jarohatlari sababli transferlar oynasi yopilganidan so'ng ham boshqa futbolchi sotib olinishi mumkin. Angliyada transferlar bozori 9 avgust kuni yopilgan.
Navasning "Real" bilan shartnomasi 2021 yilgacha tuzilgan. U 3 yil davomida madridliklarning asosiy darvozaboni bo'ldi. Endi "Real" "Chelsi"dan Tibo Kurtuani sotib oldi va shuning uchun Navasni Angliyaga qo'yib yuborishi mumkin.