"Valensiya" hujumchisi Rodrigo Moreno beinSports nashri jurnalistiga kechagi "Atletiko"ga qarshi uchrashuvdan so'ng intervyu berib o'tdi. So'nggi paytda futbolchiga Xulen Lopetegi jiddiy qiziqish bildirmoqda, ammo Rodrigo "Real"ga qaytmoqchi emas.
"Men yana qaytarib o'tirmoqchi emas, men allaqachon bu haqida martda aytib o'tganman." - deydi "qirollik klubi" tarbiyalanuvchisi.
Ma'lumot uchun, Rodrigoga jurnalistlar tomonidan marta oyida dunyoning eng kuchli klubida to'p surishni xohlaysizmi degan savolga "Valensiya"da qolishni xohlayman deb javob qaytargan edi.
Bobojonov