UEFA 2017/18 mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun da'vogarlik qilayotgan uchlikni e'lon qildi.
Ushbu sovrin uchun “Yuventus” futbolchisi Krishtianu Ronaldu, “Liverpul” hujumchisi Muxammad Saloh va “Real” yarim himoyachisi Luka Modrich kurashmoqda.
Shuningdek, kuchli o'nlikdan: Antuan Grizmann (“Atletiko”, 72 ochka), Lionel Messi (“Barselona”, 55), Kilian Mbappe (“PSJ”, 43), Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”, 28), Rafael Varan (“Real”, 23), Eden Azar (“Chelsi”, 15) i Serxio Ramos (“Real”, 12) joy olgan.
Eslatib o'tamiz, g'oliblar 30 avgust kuni e'lon qilinadi. Shuningdek, shu kuni chempionlar ligasi 2018/19 mavsumi guruh bahslariga qur'a tashlanadi.