Italiyaning “Latsio” klubi rahbariyati “Real”ning Sergey Milinkovich-Savich borasidagi taklifini rad etdi. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda. Ma'lumot uchun, “qaymoqranglilar” serbiyalik futbolchi uchun 95 million evro berishgan, biroq bu mablag' “Latsio” prezidenti Klaudio Lotitoni qoniqtirmadi.
Eslatib o'tamiz, Milinkovich-Savich italiya klubida 2015 yildan buyon to'p suradi. O'tgan mavsum u italiya chempionatida 35 ta uchrashuvda maydonga tushgan.