La liganing birinchi turidan o'rin olgan “Real Madrid” – “Xetafe” uchrashuvi 2:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo'ldi.
O'yinning 20-daqiqasida Dani Karvaxal darvozabondan qaytgan to'pni boshi bilan darvozaga to'g'irlab qo'ydi.
Birinchi bo'limda “qirollik klubi” ko'plab hujumlarni uyishtirdi lekin, gol urolmadi. Ikkinchi bo'limning 51 daqiqasida “Real” yarim himoyachisi Garet Beyl Marselonining uzatmasidan so'ng o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.
O'yinda boshqa gollar bo'lmadi. Uchrashuv shunday hisobda tugadi. Shunday tarzda “Real” 3 ochkoga ega bo'ldi.
Real Madrid – Xetafe 2:0
19 avgust, 1.15, "Santyago Bernabeu"
Gollar: Karvaxal (20), Beyl (51).
Real Madrid: Navas, Karvaxal, Nacho, Ramos, Marselo, Sebalos (Modrich, 71), Kroos, Isko (Kazemiro, 58), Beyl (Vaskes, 77), Benzema, Asensio.
Xetafe: Soriya, Suares, Dakonam, Bruno Gonsales, Kabrera, Maksimovich, Portilo (Ivan Alexo, 64), Arambarri, Sibasaki, Ndiaye (Mata, 58), Molina (Anxel, 71).
Ogohlantirishlar: Molina (27), Ndiaye (41), Dakonam (42), Mata (63), Marselo (68), Arambarri (77), Kabrera (79), Bruno Gonsales (79).