"Xetafe" prezidenti Anxel Torres "Real" klubi hujumchisining boshqa klubga sotilishidan umidvor bo'lmoqda.
Morata 2007 dan 2008 yilgacha "Xetafe" klubi akademiyasida shug'ullangan, shuning uchun transferlar chog'ida futbolchining tarbiyasi uchun ma'lum darajada ulushga ega bo'ladi.
"Agar ular Moratani sotsalar, biz bundan dividendlar olamiz. U sababli biz uch marta pul oldik. Shuning uchun "Real" uni sotsin, biz esa pul ishlab olaylik", - deydi Torres.
Morataga "Milan" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqmoqdalar.