"Real Madrid" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi hujumchi sotib olish fikriga qarshi emas.
Klub prezidenti va rahbarlar "Qirollik klubi"ning hozirgi tarkibi UEFA Chempionlar Ligasida g'alaba qozona olishiga ishonishmoqda. Bosh murabbiy Lopetegi esa transfer oynasi yopulguncha hujumni kuchaytirish kerakligini aytib o'tdi. Murabbiy yulduz futbolchilarni sotib olish murakkabligini tushunga holda, o'rtamiyona hujumchi olish tarafdori.
Asosiy nomzodlar "Valensiya"dan Rodrigo va "Lion" hujumchisi Mariano Diaz. Eslatib o'tamiz, ikkala hujumchi ham sobiq "Real" hujumchilaridir.
Bobojonov