«Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning advokati Lobo Xaver futbolchiga qo'yilayotgan ayblov yuzasidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Daromadlar yashirilmagan, hammasi deklaratsiya qilingan. Nazarimda, qandaydir tamoyillarga ko'ra, deklaratsiya Ispaniya soliq boshqarmasiga yoqmagan. Lekin hech bir qonun yoki me'yoriy hujjat futbolchini qoidabuzarlikda ayblay olmaydi.
Messi yoki boshqa futbolchilar bilan bog'liq vaziyat butunlay boshqacha. Boisi, ular o'z daromadlarini deklaratsiya qilishmagan. Ronaldu esa tekshiruv boshlangunga qadar o'z daromadlarining kerakli qismini deklaratsiya qilib qo'ygan», — dedi advokat.
Portugaliyalik futbolchi 2011-2014 yillar oralig'ida 14,7 million evro miqdorida soliq to'lamaganlikda ayblanmoqda. OAVda tarqatgan xabarga ko'ra, Ronaldu bu ishni 2010 yilda tuzgan jamoatchilik tashkiloti orqali qilgan. Ronaldu o'z qiyofasi huquqini sotishdan olgan daromaddan soliq to'lamagan. Umuman olganda, futbolchi Ispaniya soliq organi tomonidan 4ta qonunbuzarlikda ayblanmoqda.