PSJ hujumchisi Neymar faoliyatini Madridning “Real” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sport xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “Real” prezidenti Florentino Peres braziliyalik futbolchini Krishtiunu Ronaldu o'rnida ko'rmoqchi. Eslatib o'tamiz, Ronaldu italiyaning “Yuventus” klubiga o'tib ketgandi.
“Real Madrid” Neymar uchun 300 million evro to'lashga tayyor. Agar, UEFA PSJni feyr-pley qoidalarin buzganligi uchun jazolasa, unig “Real”ga transferi amalga oshishi mumkin.