Endi, “Real” “Yuventus” futbolchisi Miralem Pyanich sotib ololmaydi. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Pyanich “Yuve” bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi. 28 yoshli futbolchi shartnomasini 2022 yilgacha uzaytiradi va yiliga 7 million evro ishlab topadi.
Eslatib o'tamiz, Pyanich 2016 yildan buyon “Yuve” sharafini himoya qilmoqda. O'tgan mavsum u 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 5 ta gol va 11 ta golli pas yozdirib qo'ygan.