"Real Madrid" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi UEFA Superkubogidan so'ng press-konferensiyada qatnashdi.
O'yin haqida:
"Biz yomon o'yin ot'kazmadik, ammo buning yakuni yaxshi bo'lmadi. Hisob 2-1 bo'layotgan vaziyatda bizda o'yin taqdirini muddatdan oldin xal etish imkoniyati bor edi, biroq biz buni uddalay olmadik. Ular o'zining barcha imkoniyatlaridan foydalana olishdi va ular bizni kechirishmadi. Jamoam birinchi bo'limda yaxshi o'ynadi, to'p nazorati bizda edi, shuningdek, ko'pincha ularning darvozasi oldida yurdik, ular amalda darvoza oldilaridan chiqa olishmadi. Oxir oqibat esa kim ko'proq gol ursa shu g'alaba qozondi. "Atletiko"ni tabriklash kerak, ular bunga monosib."
Jismoniy xolat haqida:
"O'ylashimcha, jismoniy xolat bizda yaxshi edi, biroq 3-gol bizga kuchli zarba bo'ldi. Keyin esa emotsiyalarga berildik, biz o'z xohishimizga mag'lub bo'ldik, tartibni yo'qotib o'yinni durangga olib bordik. Ular esa 4-golni kiritgan paytda uchrashuvni o'ldirdi."
Beyl haqida:
"Garet juda yaxshi o'ynadi, ammo mavsumning bu pallasida futbolchilar o'zining eng yuqori notasida bo'lishmaydi."
Motivatsiya haqida:
"Bugun biz bitta sovrindan mahrum bo'ldik va ertaga yana mashg'ulotlarga kirishamiz. Yakshanba kuni chempionat o'yinlari boshlanadi. Biz bu turnirga bor e'tiborimizni qaratamiz. "Madrid" Chempionlar Ligasini ko'plab yutgan, lekin La Liga hozir eng muhim chempionat."
Himoya haqida:
"Biz ishlashda davom etamiz, barcha chiziqlar bo'yicha ishlashimiz kerak. Xatolar har bir jamoada bo'ladi."
Bobojonov