Madridning “Real” klubi 21-asrda ilk marta halqaro finallarda yutqazdi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda. Eslatib o'tamiz, “qirollik klubi” kecha “Atletiko”ga UEFA superkubogida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
“Real” so'ngi bor 2000 yil International Cupda “Boka Xuniors”ga mag'lub bo'lgan edi.
Shundan buyon “Real” 13 marta halqaro finallarda o'ynab, barchasida g'alaba qozongan edi.