"Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi UEFA Superkbogida "Atletiko"dan uchralgan mag'lubiyatga sharh berdi (2:4).
"Odatda finallarda ko'p xato qilgan jamoa yutqazadi va "Atletiko" - raqib xatosidan foydalanish bo'yicha ekspert. Raqib aynan "Real" kuchaygan vaqtda hisobni 2:2 qila oldi. Kuchimizni yig'ib, harakat qilishda davom etamiz.
"Atletiko" o'zi hosil qilgan xavfli vaziyatlardan unumli foydalandi. Menga o'yinning borishini ko'proq "Real" boshqargandek tuyuldi. Shundan so'ng raqib hisobni 3:2ga etkazdi. Biz tavakkal qilishga majbur bo'ldik va uslubimizni yo'qotdik", - deydi Lopetegi.