"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone UEFA Superkubogida "Real" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (4:2) fikrlarini bildirdi
"Almashtirishlar bizga yordam berdi Ular bizga chidamliroq bo'lishimizga yordam berdi. Korrea, Vitolo, Tomas zo'r o'ynadilar. 2:2 hisobida yanada kuchaydik.
"Real" evrokuboklar finallarida anchadan buyon mag'lub bo'lmayotgan di. "Real"ga qarshi finallarmiz o'xshamagan. EChLda ularni mag'lub eta olmadik. Bugun g'alaba qozona oldik. Bu bizga ishonch va kuch bag'ishlaydi. Bugun shodlanamiz, ertaga esa, chempionatda "Valensiya"ga qarshi o'yin haqida o'ylaymiz.
4:2 hisobi o'yin uslubimizning o'tgan mavsumdagilarga qaraganda o'zgarganini anglatmaydi. Biz o'zimizga ishonyapmiz. Biz o'syapmiz: bizda yangi stadion bor, yosh o'yinchilarimiz ko'p, ularga yaxshi taklif tushsa ham boshqa klublarga o'tib ketmayaptilar.
Qatorasiga ikki finalni boy berish meni izdan chiqarayozgan di, men kelaak haqida o'ylay boshlagandim. Hozir buni o'ylaydigan vqt emas. Futbolda g'alaba qozonsang yaxshi bo'lasan", - deydi Kosta.