Marca nashri so'ngi to'qqiz yildagi “Atletiko” va “Real Madrid”ning bahosi haqida ma'lumot berib o'tdi.
O'tgan mavsumda “matraschilar” futbolchilarining narhi 740,3 million evroni, “qaymoqranlilar” futbolchilarining narhi 941,8 million evroni tashkil etgandi. Hozirda Diego Simone 858 million evroga ega, Lopetegi shogirdlarining umumiy bahosi 775,7 million evroni tashkil qilmoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, tarixda ilk bor “Atletiko” tarkibining narhi “Real”nikidan o'zib ketdi.
Eslatib o'tamiz, 10 iyul kuni “Real” etakchisi Krishtianu Ronaldu to'qqiz yillik faoliyatidan so'ng 117 million evroga “Yuventus”ga o'tib ketgandi.