"Real" yarimhimoyachi Luka Modrichni bir necha haftadan buyon qo'lga kiritishga urinayotgan "Inter"ga qo'yib yuborishga tayyor.
Sky Italia xabariga ko'ra, madridlik unga o'rinbosar topgan taqdirlaridagina qo'yib yuboradilar. Manbaga ko'ra, buning uchun ideal variant "Tottenhem" yarimhimoyachisi Kristian Eriksen bo'lib turibdi.
Ammo "Tottenhem" daniyalik 26 yoshli futbolchini sotishni istamayapti va uning uchun 200 mln evro tovon puli belgilab qo'ygan. Chunki "shporlar unga o'rinbosar topishda muammoga uchraydilar - Angliyada transfer bozori yopilgan.