«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu katta ehtimol bilan Ispaniya sudi oldida javob beradi.
AS xabariga ko'ra, Madrid prokuraturasi 32 yoshli futbolchini 14,7 mln evro miqdorida soliq to'lashdan bo'yin tovlaganligi haqidagi ayblov xulosasini sudga topshirdi.
Tergov harakatlari natijasida, Ronaldu 2010 yildan buyon daromadlarini yashirish maqsadida offshor kompaniyaning xizmatidan foydalanib kelgani, 2011-2014 yillarda imij huquqini sotishdan olingan daromadlar shu yo'l orqali yashirilgani aniqlandi.
Natijada, Krishtianu Ispaniya soliq idorasidan 2011 yilda 13,9 mln evro, 2012 yilda 16,6 mln, 2013 yilda 3,2 mln, 2014 yilda 8, 50 mln evro miqdorida qarzdor bo'lgan.