"Yuventus" yarimhimoyachisi Miralem Pyanich turinliklar safida o'ynashda davom etadiganga o'xshayapti.
Football Italia xabariga ko'ra, "Real" bosniyalik futbolchi uchun "Yuventus"ga 60 mln evro taklif qilgan. "Keksa sinora" vakillari taklifni o'rganib chiqib, rad javobini berdilar va Pyanichga 100 mln evro narx qo'yib qo'ydilar.
Avvalroq, Pyanichga "Barselona" ham qiziqayotganligi xabar qilingan edi. Bosniyalik "Yuve" bilan yangi shartnoma tuzish arafasida turibdi, unga ko'ra uning maoshi yiliga 4,5 mln evrodan 6,5 mln evroga oshadi.