Londonning “Tottenxem” klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksen faoliyatini frantsiya jamoasida davom ettirishi mumkin. Daniyalik futbolchi bilan PSJ qiziqmoqda. Parijliklar futbolchi uchun 100 million funt to'lashga tayyor, deya Express xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, Eriksennni madridning “Real” klubi ham o'z safiga qo'shib olmoqchi. “Tottenxem” esa futbolchi bilan shartnomasini uzaytirmoqchi.