«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya Premer ligasiga qaytishi mumkin.
A Bola xabariga ko'ra, «MYu» shu haftada sobiq etakchisi uchun 200 million evro taklif qiladi.
Ronaldu ayni paytda Portugaliya terma jamoasi qarorgohida bo'lib turibdi va «MYu»ga o'tishi haqidagi savolga «Hamma narsa yuz berishi mumkin» deb javob bergan.
Avvalroq, Xitoy klubi Ronaldu uchun 200 mln evro, futbolchining o'ziga esa futbol tarixidagi eng katta maoshni taklif qilgan edi.