Kosta-Rikalik darvozabon mavsumning ilk o'yinida darvozada turishga asosiy da'vogar.
"Santiago Bernabeu" kubogi uchun kechgan baxsda darvozada Keylor Navas turgani ispan OAV tomonidan UEFA Superkubogida ham Keylor asosiy tarkibda maydonga tushishini tahmin qilishmoqda. Chunki bu o'yin final oldidan tayyorgarlik vazifasini o'taydi.
31 yoshli darvozabon 3 mavsumdan beri "Real"ning o'zgartirib bo'lmas golkiperiga aylandi, ammo Tiboning jamoaga kelishi endilikda asosiy darvozabonlik uchun jiddiy kurash keltirib chiqadi.
Bobojonov