«Real» klubiga o'tgan belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua 5 yil oldin qilgan ishi uchun muxlislardan uzr so'radi.
2013 yilda «Atletiko» tarkibida o'ynab yurganida, futbolchi Ispaniya Kubogida «Real» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, raqibini kalaka qilib, qo'shiq kuylagan edi.
«O'sha paytda yosh va qiziqqon edim. Hozir esa bu ishim uchun uzr so'rayman. Bu o'smirlarga xos engiltaklik edi. Bundan buyon, «Real» g'alabalari uchun bor kuchimni sarflayman» - dedi Kurtua.