«Real» rahbariyati yarimhimoyachi Marko Asensio bilan hamkorlikni uzaytirish borasida kelishib oldi.
Marca xabariga ko'ra, futbolchi bilan 2023 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolanadi. Uning tovon puli 350 mln evro qilib belgilanadi.
O'tgan mavsumda Asensio Primeraning 23 o'yinida maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta golga hammualliflik qildi.