“Real” yarim himoyachisi Mateo Kovachich “qirollik klubi” muxlislari bilan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xayrlashdi.
“Uch yilda sovrinlarni yutdim va oldinga qadam tashlashni afzal deb bildim. Yo'llarimiz shu erda uzilgan bo'lsa-da, men “Real”dagi oilamga rahmat aytmoqchiman hamda hayotimda unutilmas bo'lib qolgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Bu vaqtlarni hech qachon yodimdan chiqarmayman”, deya yozadi Kovachich.
Eslatib o'tamiz, xorvatiyalik yarim himoyachi bir yil davomida “Chelsi”da faoliyat olib boradigan bo'ldi.