Luka Modrich "Real Madrid"da qolishga qaror qildi. Ammo haqiqatda Luka "Inter"ga o'tishni xohlagan va ulardan 6 yillik shartnoma shuningdek, yaxshigina maosh olishi mumkin edi.
Modrichning "Real"dan ketish haqidagi fikrga sabab pul deya qaralmoqda. Xorvatiyalik futbolchi jamoadan asosiy figuralardan biri bo'lib kelmoqda, ammo u Beyl, Ramos, Kroos va Benzemalardan kam maosh oladi. Yaqin vaqtlar ichida klub unga yaxshilangan shartnoma taklif qilishlarini kutib qolamiz. Va bu hikoya tezroq yaxshilik bilan yakunlansa, bu Lopetegi va uning jamoasi uchun ajoyib xabar bo'ladi.
Bobojonov