Bosh murabbiyning qarori.
Serhi Regilon va Xavi Sanches mavsumoldi uchrashuvlarda o'zini juda yaxshi ko'rsatishdi va bosh murabbiy Xulen Lopetegining nazariga tushdi. Bugun olingan ma'lumotlarga ko'ra ikkala futbolchi ham yangi mavsumdan asosiy (bosh) jamoaga o'tkaziladi.
Jamoada deyarli qanot himoyachisi Teo Ernandez "Real Sosedad" tarkibiga ko'chib o'tishi aniq. Regi esa uning o'rnini egallaydi va Marseloning o'rinbosariga aylanadi.
Shuningdek, Xavi Sanchesda ham yaxshi ko'rsatgichlar. Xesus Valexoning mavsum boshidan jarohat olishi va uning jarohatga moyilligi borligi uchun ham Sanches asosiy jamoaga ko'chirilmoqda.
Qolgan "Kastilya" futbolchilari yana o'z jamoalariga va akademiyalarga tarqalib ketishadi.
Bobojonov