«Real» klubi himoyachisi Fabiu Koentrau portugaliyaning «Sporting» klubiga o'tishi mumkin.
29 yoshli futbolchining transferi bilan bosh murabbiy Jorje Jezush qiziqmoqda. Avvalroq har ikkalasi ham «Benfika»da birga ishlagan edi.
Koentrauning transferiga uning yuqori maoshi to'sqinlik qilishi mumkin. Bundan tashqari, uning o'zi agar Portugaliyaga qaytsa, faqat «Benfika» tarkibida o'ynashi haqida aytgan edi.
Koentrauning «Real» bilan imzolagan shartnomasi 2019 yilgacha mo'ljallangan.