Asensio va Beyl «Real»ning yangi juftligi sifatida “Roma”ga qarshi o'yinni omadli o'tkazdi.
Ronalduning “Real”dan ketishi amalga oshgandan keyin uning raqami Asensioga beriladigan bo'ldi va jamoa rahbariyati to'liq ispaniyalik yosh iqtidor sohibiga ishonch bildirmoqda.
Shuningdek, Beyl murabbiy Lopetegi bilan gaplashib olgandan keyin o'ziga bo'lgan ishonch yana yuqorilagan ko'rinadi, bu o'yinda ham gol ham golga juda chiroyli tarzda pas uzatdi.