"Chelsi"dan "Real" klubiga o'tgan darvozabon Tibo Kurtua muxlislariga murojaat qildi.
"Salom, "Chelsi" oilasi. O'Tgan fantastik to'rt yil uchun minnatdorchilik bildiraman. "Chelsi" doim yuragimda qoladi.
Klub iqtidorimga ishonganida men 19 yoshda edim. Dunyodagi eng yirik klublardan birining a'zosi bo'lganimdan baxtiyor edim. Bolalikdagi orzumga erishdim - APLda o'ynadim.
Endi oxirgi, ammo muhim so'zim: Ko'p yillar meni qo'llab-quvvatlaganingiz uchun sizlarga rahmat. Bu qarorga kelishimga farzandlarimga yaqin bo'lish istagi sabab bo'lganini tushunasiz, deb umid qilaman.
Sizlarga eng yaxshi tilaklarim. Men "Chelsi" a'zosi bo'lganimdan faxrlanaman", - deb yozdi Kurtua Feysbukda. Ammo birozdan so'ng bu postni o'chirib tashladi.