"Portu" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Andre Silvamilliy terma jamoada Krishtianu Ronalduning vorisi bo'lishi mumkin. Bu haqida "Real" hujumchisining o'zi aytdi.
"Faoliyatimni tugatsam, Portugaliya yaxshi qo'llarda bo'ladi. Chunki ularda katta hujumchi bor. Bu Andre Silva", - deydi Ronaldu.
Eslatib o'tamiz, 22 yoshli futbolchi "Milan"ga o'tishga yaqin turibdi. Italiya matbuotiga ko'ra, futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Milanga etib kelgan.
Andre Silva JCh-2018 saralashida 6 uchrashuvda 6 ta gol urdi va 1 ta golga to'p oshirdi.