"Real"ning yangi o'yinchisi, braziliyalik Vinisius Junior madriliklar safidagi moslashish jarayoni haqida gapirdi.
"Real"ga o'tganimdan juda xursandman. Jamoa o'zini taktik va jismoniy jihatdan a'lo sezmoqda.
Menga "Real"dagi mashg'ulotlar tizimi yoqmoqda. Xulen Lopetegi men bilan ko'p ishlamoqda va jamoaga tezroq moslashishimga yordam bermoqda", - deydi Vinisius.
18 yoshli futbolchi "Real"ga "Fluminense"dan kelib qo'shildi. Transfer summasi 45 mln evro bo'lganligi aytilmoqda.