"Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi "Chelsi" darvozaboni Tibo Kurtuaning madridliklar safiga o'tishi mumkinligini sharhlashni istamadi.
"Avval aytganimdek, boshqa klublarning o'yinchilari haqida gapirmoqchi emasman. Faqat "Real"ga tegishli o'yinchilar haqida gapiraman.
"Bugun Kurtuaning ko'rdingizmi? Bizning darvozabonimiz - Keylor, u shu erda. Biz boshqa darvozabonlar haqida gapirmaymiz, faqat Keylor, Kasilya, Luka Zidan va Andry Lunin haqida gaplashamiz.
Navas - fenomenal darvozabon, u mavsumoldi o'yinlarda zo'r o'yin ko'rsatdi. U "Real"da baxtiyor, biz esa uning biz bilan ekanidan xursandmiz", - deydi Lopetegi.