"Real" yarimhimoyachisi Isko klubini o'zgartirmasligini yana bir bor ta'kidladi. Klub rahbariyati uning shartnomasini uzaytirmoqchi, futbolchi bunga qarshi emas.
"Ha, men "Real"da qolishim va bu erda uzoq vaqt o'ynash istagim haqida aytganman. Bu erdagi ishlarimdan juda mamnunman. Ayni vaqtda kelishuvim yana bir yil amalda bo'ladi, ammo uni uzaytirishga yaqin turibman", - deydi Isko.
O'tgan mavsum davomida matbuotda Iskoning "Real"ni tark etishi haqida bot-bot xabarlar chiqib turgan edi.