Madridning “Atletiko” futbolchisi Koke UEFA superkubogi doirasidagi “Real”ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv 15 avgust kuni bo'lib o'tadi.
“Biz “Real”ga ikkita finalda yutqazdik. Endi oldinga qadam tashlash vaqti keldi. Qanday qilib g'alaba qozonishimizni bilmayman, lekin buni uddalashimiz kerak.Boshqa turnirlarda biz ularni mag'lub etdik endi Evropada ham yutish vaqti keldi. Finalda faqat g'alaba uchun o'ynaladi″, deydi Koke.