Bugun Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres va yarim himoyachi Luka Modrich kelajagi borasida gaplashib oladi. Bu haqda Sky Italia xabar bermoqda. Bugun Xulen Lopetegi jamoasi AQShdan qaytadi. Florentino Peres Madridga maxsus parvoz bilan uchadi.
Manbaning xabariga ko'ra, jamoa yulduzi o'zining transferini so'rashi kutilmoqda. Peres va Modrichning og'zaki kelishuvlari bor. Agar Peres uni bajarsa Luka jamoadan ketadi.