"Chelsi" darvozaboni Tibo Kurtua ketma-ket 2-marta jamoa mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi.
Dushanba kuni belgiyalik futbolchi londonliklar ixtiyoriga qaytib kelishi kerak edi, ammo u "Real"ga o'tishni xohlayotganini aytib o'tdi. "Aristokrat"lar bu vaziyat yuzasidan javobgarlik ishi ochgan va 26 yoshli darvozabon tahminan 200 ming funt jarima to'lashiga to'g'ri keladi.
Ma'lumot uchun, "ko'klar" Kurtua o'rniga "Atletik" darvozaboni Kepa Arrisabalaga yoki Yan Oblak nomzodlarini ham ko'rib chiqmoqda.
Bobojonov