Butunjahon antidoping agentligi (WADA) «Real» klubi va Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Roberto Karlosga nisbatan surishtiruv ishlarini boshladi.
Avvalroq, germaniyaning ARD kanali Braziliya futbolidagi doping iste'mol qilish holatlariga bag'ishlangan hujjatli filmni efirga uzatgandi. Unda Roberto Karlos va Braziliya terma jamooasining yana 7 futbolchisi doping iste'mol qilgani haqida ma'lumot berilgandi. Endi WADA bu holatlar bo'yicha tekshiruv o'tkazishini ma'lum qildi.
Roberto Karlosning o'zi hech qachon doping iste'mol qilmaganini ta'kidlamoqda va film ijodkorlarini sudga bermoqchi.