“Real” “Inter” ustidan UEFAga arz qiladi. Bu haqda, Mundo Deportivo nashri xabar tarqatdi.
“Real”da Luka Modrich atrofida ro'y berayotgan voqealarga jiddiy tarzda e'tibor berilmoqda.
Xorvatiyalik futbolchi “Inter”ga o'tish istagini bildiryapti uning agentlari bo'lsa mazkur transfer borasida muzokaralarga kirishgan.
Bu holat esa “Real” yoqmayapti. “Qaymoqranglilar” UEFAdan Modrich bilan muzokara olib borayotgan “Inter”ni jazolashni so'ramoqchi. Qolaversa, moliyaviy feyr-pley borasida ham tekshirib ko'rishlarini talab qilmoqchi.