"Real" 6 avgust kuni Nyu-Yorkda mavsum-2018/19 uchun muqobil liboslar jamlanmasini tanishtirdi.
Marosimda Garet Beyl, Karim Benzema, Nacho Fernandes va Toni Kroos ishtirok etdilar.
Yangi forma Adidas kompaniyasida ishlab chiqarilgan bo'lib, noan'anaviy marjon rangiga ega. Ta'kidlanishicha, forma okeandan tutilgan plastik idishdan qayta ishlangan materialdan tikilgan.