Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich jamoani tark etishi mumkin. Futbolchi bilan “Inter” klubi qiziqmoqda.
Italiyaliklar xorvatiyalik futbolchi uchun 4 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Futbolchi yangi jamoasi safida yiliga 10 million evro ishlab topishi mumkin.
Modrichning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yili yakuniga etadi. Hozirda zorvat “Real” safida yiliga 6,5 million evro oladi.
Futbolchi kelajagi borasida jamoa rahbariyati va bosh murabbiy Xulen Lopetegi bilan gaplashib olmoqchi.