"Valensiya" hujumchi Rodrigoni "Real"ga sotishni xohlamayapdi.
Jamoa bosh murabbiyi Marselino bu haqida shunday deydi: "Istagan jamoa Rodrigoni sotib olishi mumkin, agar uning shartnomasida ko'rsatilgan tovon pulini to'lasa".
27 yoshli ispaniyalik hujumchining tovon puli 120 mln yevro qilib belgilangan. "Ko'rshapalak"lar esa 80 mln yevrodan boshlangan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor ekanligini ma'lum qilgan.
Eslatib o'tamiz, Rodrigo "Real" yoshlar jamoasida to'p surgan va shunday so'ng "Benfika" safiga ko'chib o'tgan edi.
Bobojonov