"Valensiya" bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral jamoa hujumchisi Rodrigo uning tovon puli to'liq to'langandagina sotilishini ma'lum qildi.
Ispaniya terma jamoasi hujumchisiga "Real" qiziqmoqda. Madridliklarning yangi ustozi Xulen Lopetegi futbolchini terma jamoa orqali yaxshi biladi.
"Rodrigoning shartnomasida tovon puli aniq ko'rsatilgan - 120 million evro. Agar kimdir shu summani to'lasa, biz Rodrigoni ushlab o'tirmaymiz", - deydi Toral.