Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres Ronalduga o'rinbosar sifatida “Tottenxem” hujumchisi Xarri Keynni olib kelmoqchi.
Don balon nashrining ma'lumotiga qaraganda, Madrid klubi 25 yoshli futbolchi uchun 250 million evro berishga tayyor. Utbolchining o'ziga esa yiliga 30 million evro maosh taklif qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Xarri Keyn jahon chempionatining to'purari bo'lgan edi.