"Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Halqaro chempionlar kubogida "Yuventus" ustidan qozonilgan g'alabadan (3:1) so'ng jamoa yarimhimoyachisi Luka Modrich atrofidagi voqealarga sharh berdi.
"Prezident javob berib bo'ldi, qo'shimcha qilishga so'z yo'q. Modrich - ekstraordinar futbolchi, biz uni quchoq ochib kutib olamiz. Jahon chempionatidan so'ng u bilan gaplashdim. Yangi mavsumdagi ilk maqsadimiz - Evropa Superkubogida u ishtirok etadim, ko'ramiz.
Men unga uning o'yinlariga mahliyo bo'lganimni, uni sevishimni aytganman, u buni biladi. U bizning yangi taklifimizdan mamnun bo'ladi. Modrich "Real" o'yinchisi va shunday bo'lib qoladi", - deydi Lopetegi.