"Real" ushbu yozda forvard olmoqchi emas.
Klub 21 yoshli ispaniyalik hujumchi Borxa Mayoralga ishonch bildiradi va uni Karim Benzema o'rniga nomzod sifatida qaramoqda. Madridliklar rahbarlari va bosh murabbiy Xulen Lopetegi yosh futbolchining iste'dodiga va o'sishiga ishonadi. O'tgan mavsumda Mayoral Primeroda 14 o'yinda maydonga tushib (ko'pchiligi zahiradan) va 3 ta gol kiritgan.
Ma'lumot uchun, "Betis" va "Alaves" 21 yoshli hujumchiga qiziqish bildirdi ammo klub taklifni rad etdi.
Bobojonov