La Gazzetta dello Sport nashri xorvatiyalik futbolchi Luka Modrich jamoa prezidenti Florentino Peresdan uni "Inter"ga qo'yib yuborishini so'ragan haqida xabar tarqalganidan so'ng, Peres aytdiki Luka 750 mln yevrodan kamiga sotilmaydi.
Italiya OAV bugungi xabariga ko'ra esa xorvatiyalik futbolchi keyingi hafta klub bazasiga qaytadi va Peres bilan shaxsan kelajagi borasida uchrashuv o'tkazadi. Agarda futbolchi haqiqatdan ham "Real"dan ketishni xohlasa Florentino Peresning yuqoridagi aytgan gapi hech narsani xal qilmay qolishi mumkin.
Modrichning agenti (xotini) allaqachon milanliklar bilan a'loqaga chiqgan. Hozirda "neradzurri"lar tarkibida 3 nafar xorvat futbolchilar to'p suradi: Shime Vrsalko, Marselo Brozovich va Ivan Perishich. Ushbu futbolchilar Lukani Italiyaga ko'chib o'tishga undashi mumkin.
Hozirda Modrich 32 yoshda va uning shartnomasi 2020-yilda yakuniga yetadi, shuningdek, u "Real"da yiliga 9 mln yevro maosh oladi.
Xo'sh "Inter" nega Modrichni tanladi? Kuni kecha Kataloniyaning "Barselona" klubi "Inter"ning og'zidan sobiq "Bavariya" futbolchisi Arturo Vidalni tortib oldi. Shu sababli "ko'k-qora"lar darxol Vidal o'rnini Lukani bilan to'ldirmoqchi.
Ma'lumot uchun, Italiyaga transfer oynasi 18-avgustda yakunlanadi.
Bobojonov