"Real" hujumchisi Alvaro Morata Instagram ijtimoiy tarmog'ida o'zining "MYu"ga o'tishi mumkinligi haqidagi yozuvga "layk" bosdi, deya xabar beradi Goal.
Ispaniyalik 24 yoshli futbolchi Evropa OAV yozgi transferlar chog'idagi eng asosiy mavzulardan biri bo'lib turibdi. Ikki kun ilgari futbolchi Instagramda "MYu"ning bir nechta futbolchilari akkauntlariga obuna bo'ldi.
Avvalroq, Morata 12 iyun kuni shartnoma imzolash uchun Angliyaga uchishi xabar qilingan edi. Shartnoma besh yilga imzolanishi va "MYu" uning transferi uchun 73 mln to'lashi kutilmoqda.