"Manchestera Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino Xulen Lopetegining "Real"ga bosh murabbiy etib tayinlanishiga fikr bildirdi.
"Unga omad tilayman. Uni 21 yildan buyon bilaman, u ajoyib yigit va qoyilmaqom murabbiy.
"Real" bilan shartnoma imzolaganimda, "Inter" bilan shartnomam hali amalda edi va biz endigina chempionlar ligasida g'olib chiqqan edik. Bunday ish tutishimga professionalizm etishmadi, deb o'ylamayman", - deydi Mourino.
Lopetegi "Real" bilan shartnoma imzolagani uchun JCh-2018ga bir kun qolganida Ispaniya terma jamoasida iste'foga chiqarilgan edi.