The Sun xabariga ko'ra "Chelsi"ning belgiyalik darvozaboni Tibo Kurtua "ko'klar" bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortmoqda.
Shuningdek, darvozabon o'zini "Real"ga qo'yib yuborishlarini talab qilmoqda, aks holda mavsumoldi tayyorgarlik jarayoniga qarshi sabotaj uyushtirmoqchi va har qanday holatda ham kelasi yozda erkin agent sifatida ketishini aytmoqda.
Kurtuaga "Real" davogar bo'lib turibdi, madridliklar uning uchun 35 mln evro to'lashga tayyorlar.
Tibo Kurtua "Chelsi" qarorgohiga transferlar oynasi yopilishiga ikki kun qolgandagina qaytishini aytib, tahdid qilmoqda.