Lopetegi yosh ispanga imkon berishga tayyor.
Dani Sebalyos - yangi murabbiydan imkoniyat kutayotgan futbolchilaridan biri. Zidan qo'l ostida sobiq "Betis" futbolchisi 899 daqiqa harakat qildi, jami 22 ta o'yinda harakat qilgan futbolchi ko'p xollarda so'nggi daqiqalarda maydonga tushdi. Boz ustiga Sebalyos "Barselona" taklifini rad etib "Real"ga o'tishga qaror qilgan edi. "Real"ning yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Ispaniya U-21 jamoasida ishlab yurgan chog'ida Sebalyosning imkoniyatlarini yaxshi biladi va unga butkul ishonadi. O'shdan Lopetegi jamoasida Dani eng asosiy figuralardan biri edi.
UEFA Superkubogida Danining maydonga tushish imkoniyatlari yuqori. Sababi Luka Modrich va Mateo Kovachich hali hamon ta'tilda, Kazemiro ham "Atletiko"ga qarshi bir hafta qolganda safga qaytadi. Xulen ham Zidan kabi o'z qo'l ostidagilar bilan tavakkal qiladigan murabbiylar sirasiga kirmaydi.
Bobojonov